Joze Mourinyu Borxa Mayoral haqida gapirdi. "Roma" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu hujumchi Borxa Mayoralni jamoadan ketishini istamayapti. Futbolchining transfer huquqi "Real Madrid"ga tegishli hisoblanadi. Ispan klubi esa Mayoralni "Kristal Pelas"ga transfer qilish niyatida.
"Biz Borxa Mayoralni ushbu mavsumdagi rejalarimizga qo‘shganmiz. Ikki donagina hujumchi bilan qolish juda katta tavakkal. U kuchli o‘yinchi, o‘tgan mavsum ajoyib gollar kiritgan. Mayoral kuchli mehnat qilmoqda, men uni yo‘qotishni xohlamayman", - deydi Joze Mourinyu.
Eslatib o‘tamiz, Mayoral "Real" tarbiyalanuvchisi, "Roma" uni 2022 yilning yoziga qadar ijaraga olgandi. Forvard o‘tgan mavsum rimliklar tarkibida 45ta o‘yinda maydonga tushib, 17ta gol va 7ta assist qayd etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi