20:50 / 16.10.2021
1 988

Mourino: Konor MakGregorga yo‘q deyolmadim!

Mourino: Konor MakGregorga yo‘q deyolmadim!
“Roma” ustozi Joze Mourino Rimga kelgan aralash jang san’atlari ustasi Konor MakGregor bilan uchrashdi. Mehmondorchilik chog‘ida 58-yoshli portugaliyalik mutaxassis irlandiyalik MMA jangchisiga “Roma”ning 10-raqamli futbolkasini sovg‘a qildi.

Mourinoning aytishicha, u Konorning taklifini rad etolmagan. Joze uchrashuv haqida instagram tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

- Ha bu, o‘sha! Ha, buyuk jangchi Konor MakGregor hozir Rimda. U bilan uchrashish, qiziqarli voqealarni gaplashish va unga Rimdagi eng chiroyli futbolka – “Roma” libosini sovg‘a qilish juda yoqimli bo‘ldi. Konorga rad javobini berib bo‘lmaydi, u haqiqiy afsona, - deb yozdi Joze Mourino.

Konor MakGrekor ikki vazn toifasida chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan. U faoliyatidagi oxirigi jangini shu yilning iyul oyida Dastin Porega qarshi o‘tkazgandi. Keskin va murosasiz to‘qnashuv chog‘ida Konorning oyog‘i singgani bois, uchrashuv erta yakunlandi va raqib g‘olib, deb e’lon qilindi.

“Roma”ni “Barsa” futbolchisi kuchaytiradi
“Roma” qishki transferlar vaqtida maydon markazini kuchaytirishga qaror qildi. Avvalroq, Joze Mourino o‘z jamoasiga “Borussiya M” yarim himoyachisi Denis Zakariyani taklif qilmoqchi bo‘layotgan edi.

Bu futbolchiga “Barselona” ham da’vogarlik qila boshlagach, portugaliyalik mutaxassis e’tiborini kataloniyaliklar yarim himoyachisi Riki Puchga qaratdi.

Iste’dodini namoyon etib kelayotgan Riki Puch niderlandiyalik bosh murabbiy Ronald Kuman qo‘l ostida yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Kuman jamoani yangi qabul qilib olganda ham bu o‘yinchiga o‘ziga yangi klub topishni maslahat bergan edi.

Kataloniya klubining 22 yoshli tarbiyalanuvchisi joriy mavsuma to‘rt marotaba maydonga tushib, atishi 72 daqiqa o‘ynadi xolos.
Ma’lumotlarga qaraganda, rimliklar yarim himoyachini keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi. Bu variant Riki Puchning o‘zini ham qoniqtirishi aytilmoqda.

Transfermarkt portali kataloniyaliklar bilan 2023 yilning yarmigacha bog‘langan futbolchining transferini 15 million yevroga baholamoqda.

“Chelsi” futbolchisi Mourino qo‘l ostida o‘ynamoqchi
“Roma” rahbariyati Temmi Abraxam transferidan keyin “Chelsi”dan yana futbolchi olishga qaror qildi. Rimliklar bu gal yarim himoyachi Ruben Loftuch-Chikni taklif qilmoqchi.

25 yoshli yarim himoyachi Tomas Tuxelning ishonchini qozona olmayapti. Yetarli darajada o‘yin amaliyoti berilmayotgan Ruben qishda Londonni tark etishi kutilmoqda.

“Aristokratlar” futbolchisiga boshqa klublardan ham takliflar yetarli. Biroq, uning o‘zi Joze Mourino qo‘l ostida o‘ynash istagini bildirgan.

Ruben Loftus-Chikning transferi 18 million yevroga baholanmoqda.

“Roma” gol uradigan himoyachiga xaridor
Rim klubi o‘ng qanot himoyachisi kuchaytirish maqsadida “Ayaks” vakili Nusser Mazrauini transfer qilmoqchi.

23 yoshli universal futbolchi himoyadagi vazifalardan tashqari, hujumda ham faol ishtirok etadi. Mazraui joriy mavsumda Niderlandiya chempionatida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘rtta gol va uchta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

“Bo‘rilar” bu futbolchini qishki transferlar vaqtida muzokaraga taklif qilmoqchi. Chunki, marokashlik himoyachining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino: Konor MakGregorga yo‘q deyolmadim!