Boks bo‘yicha O‘zbekiston va Kuba terma jamoalarining qo‘shma yig‘ini qizg‘in davom etmoqda. Mashg‘ulotlardan so‘ng Kuba terma jamoasining taniqli yulduzlaridan biri, Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni, 2 karra jahon chempioni Endi Krus bilan kichik suhbat uyushtirildi.
– Jahon chempionatida qaysi vazn toifasida jang qilasiz?
– Bu dunyo birinchiligiga -63.5 kg vazn toifasida tayyorlanayapman.
– Ko‘pchilik sizni Olimpiadadan keyin vazn toifasini biroz ko‘tarib, -67 kgda tushsa kerak deb o‘ylagan edi. Vazn tashlashga qiynalmaysizmi?
– Bu men uchun juda qulay vazn toifasi. Negaki, tabiatan shunga yaqin vaznda yuraman. Shu bois hozir ham u qadar ko‘p vazn tashlamayman.
– Bu vazndagi asosiy raqobatchilaringiz haqida qanday ma’lumotga egasiz?
– Ochig‘i, u qadar emas. Vazn toifalari o‘zgargani uchun kimlardir ko‘proq vazn tashlab, yana kimlardir vaznini ko‘tarib bu toifada ishtirok etadi. Albatta, jahon chempionati bo‘lar ekan, unga kuchsiz bokschi kelmaydi. Faqat avvallari men bilan bir vaznda tushib yurgan yigitlar haqida yaxshiroq bilaman.
– Shunday bo‘lsa ham, kimlarning nomini aytib o‘tgan bo‘lardingiz?
– Boksda kutilmagan natijalar, yangi nomlar juda ko‘p uchrab turadi. Shu bois, keling, kimnidir aytib o‘tmayman. Ta’kidlaganimdek, barchaga birdek kuchli raqibim deb qarayman.
Mehmonlarning ma’lum qilishicha, Kuba jamoasi O‘zbekistonga 8 nafar bokschi bilan tashrif buyurgan. Yana 4 nafari Gavanadan to‘g‘ri Belgradga yo‘l olsa, jamoaning taniqli vakillaridan biri, 2 karra Olimpiada chempioni Arlen Lopes oilaviy sabablarga ko‘ra musobaqada ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Uning o‘rniga boshqa sportchini ro‘yxatdan o‘tkazish vaqti tugagani uchun, -80 kg vazn toifasida ushbu jamoadan hech kim ishtirok eta olmaydi.
Manba: olympic.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi