
La Liga 15-turidan o‘rin olgan "Real" - "Sevilya" uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur o‘yinda madridliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Bellashuvning 12-daqiqasida Rafa Mir hisobni ochdi. 32-daqiqada Benzema muvozanatni tikladi. O‘yin tugashiga yaqin Vinisius "qaymoqranglilar"ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Ushbu natijadan so‘ng "qirollik klubi" ochkolarini 33 taga yetkazib oldi. Ular ayni damda La Liga peshqadami hisoblanadi. 28 ochkoga ega andalusiyaliklar esa 4-o‘rinni band etgan.
"Real Madrid" – "Sevilya" 2:1
"Santyago Bernabeu" stadioni
Gollar: 0:1 – 12 Rafa Mir, 1:1 – 32 Benzema, 2:1 – 87 Vinisius Junior.
"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 90), Alaba, Militao, Mendi, Modrich (Kamavinga, 73), Kroos, Kazemiro, Benzema, Asensio (Valverde, 73), Vinisius Junior (Nacho, 90).
"Sevilya" – Bunu, Montel (Munir, 90), Diyego Karlos, Kunde, Akunya, Rakitich (Dileyni, 71), Fernando, Jordan (Oskar Rodriges, 82), Gomes (Oliver Torres, 81), Okampos (Idrissi, 90), Rafa Mir.
Ogohlantirishlar: Akunya (34), Montel (55), Kroos (61), Karvaxal (69), Okampos (84), Kazemiro (90). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar