
Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasi doirasidagi ikki o‘yin 22 dekabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
«Real» 21-turda safarda «Atletik» mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvda kiritilgan har uchala gol ham o‘yinning dastlabki 10 daqiqasiga to‘g‘ri keldi. Karim Benzema 4 va 7-daqiqalarda ketma-ket ikkita gol urib, «qirollik klubi»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 10-daqiqada esa mezbonlar Oyan Sansetning goli evaziga oradagi farqni qisqartirdi. Shundan so‘ng darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.
Shu tariqa «Real» Benzemaning dubli evaziga chempionlik poygasida muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Jamoaning ochkolari soni ushbu g‘alabadan keyin 46 taga yetdi va eng yaqin ta’qibchisidan («Sevilya») 8 ochkoga ilgarilab ketdi.
«Atletik» – «Real Madrid» 1:2
Gollar: 0:1 – 4 Benzema, 0:2 – 7 Benzema, 1:2 – 10 Sanset.
«Atletik» – Agirresabala, De Markos, Yeray Alvares, Nunes, Balensiaga (Lekue, 63), Sarraga (Uilyams, 57), Dani Garsiya, Vensedor, Sanset (Raul Garsiya, 63), Uilyams, Muniain (Serrano, 84).
«Real Madrid» – Kurtua, Nacho, Militao, Mendi, Kroos, Valverde, Kamavinga, Vaskes, Yovich, Benzema (Yovich, 90), Azar (Peter, 86), Vinisius Junior (Mariano Dias, 85).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar