
Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilayotgan “Real” o‘z maydonida “Elche”ga qarshi uchrashuvda bazo‘r mag‘lubiyatdan qutilib qoldi. Madridliklar o‘yin oxirida ikkita to‘p kiritib, hisobni tenglashtirishni uddaladi – 2:2.
O‘yin mezbonlar to‘purari Karim Benzema uchun har tomonlama omadsiz bo‘ldi. Mohir hujumchi penaltini amalga oshira olmadi. Bu holat fransiyalik futbolchi “Real”dan o‘ynayotgan 2009 yildan beri ilk bor kuzatildi.
Benzema jarohat olib, 58-daqiqada maydonni erta tark etdi. Uydagi holat esa, bundan ham yoqimsiz bo‘ldi.
Futbolchi maydonda yugurib yurgan paytda o‘g‘rilar uning San-Sebastyan-de-los-Reyes tumanidagi uyini urib ketibdi. Ma’lumotlarga qaraganda, bosqinchilar bog‘ tomondan uyga kirgan. O‘g‘rilangan narsalar qiymati hali e’lon qilingani yo‘q.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar