09:46 / 07.02.2022
1 130

"Katta dubulg‘a" turnirida dzyudochilarimiz 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

"Katta dubulg‘a" turnirida dzyudochilarimiz 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
Parij «Katta Dubulg‘a» turnirining ikkinchi kungi final bellashuvlari boshlandi.

Biroz avval -81 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Sharofiddin Boltaboyev Parij «Katta Dubulg‘a» turniri sovrindoriga aylandi. Qoraqalpoq o‘g‘loni bronza medali uchun kechgan bellashuvda kanadalik Fransis Gautiyerga qarshi tatamiga chiqdi va raqibini qo‘shimcha bo‘limda mag‘lubiyatga uchratdi.

Sharofiddin Boltaboyev bronza medal bilan birga 500 reyting ochkosiga ham ega bo‘ldi.

Parij tatamilarida «Katta Dubulg‘a» turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqaning ikkinchi kungi bahslari davom etmoqda.

Hozirgina -90 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Davlat Bobonov kurashsiz musobaqaning bronza medalini qo‘lga kiritdi. Tokio Olimpiadasi bronza medali sovrindorining raqibi gruziyalik Beka Griniashvili yarim finalda xansoke bahosi (jazo) olgani sababli tatamiga chiqmadi. Natijada avtomatik ravishda g‘alaba Bobonovga taqdim etildi.

Bu terma jamoamizning ushbu musobaqadagi ikkinchi bronza medali bo‘ldi. Biroz avval -81 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Sharofiddin Boltaboyev ham bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.

Parij «Katta Dubulg‘a» turnirining ikkinchi kungi bahslari murosasiz kurashlar ostida davom etyapti.

Hozirgina -100 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Muzaffarbek To‘raboyev bronza medali uchun kechgan bellashuvda niderlandiyalik tajribali raqib Mixael Korrelni ippon bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi yilning dastlabki «Katta Dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnirini 3 ta bronza medali bilan yakunladi. Parij turnirida 5 nafar dzyudochimiz ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Katta dubulg‘a" turnirida dzyudochilarimiz 3 ta medalni qo‘lga kiritdi