Foto: Getty Images
«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini «PSJ»da davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda Marca.
Manbaga ko‘ra, katta ehtimol bilan «PSJ» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino mavsum yakunida jamoani tark etadi va uning o‘rnini Zinedin Zidan egallaydi. Fransiyalik mutaxassisning ilk talablaridan biri «Real»da birga ishlagan Ronalduni sotib olish bo‘ladi.
Avvalroq ko‘p marotaba Ronalduning Manchesterdagi holatidan norozi ekanligi va o‘zgarishlarni xohlayotgani xabar qilingandi.
Zidan esa Fransiya terma jamoasini boshqarish imkoniyatini kutayotgani tufayli «PSJ»ning bungacha bo‘lgan takliflarini rad etgani aytildi.
Ma’lumot uchun, Ronalduning «qizil iblislar» bilan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan. U Angliya Premer Ligasining 2021/22 yilgi mavsumida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Ronaldu Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5 ta uchrashuvida 6 ta gol urgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi