
PSJ hujumchisi Kilian Mbappening yagona goli jamoasiga “Real” ustidan g‘alaba keltirdi.
Bu gol fransiyalik futbolchi uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. Mbappe Chempionlar ligasida 32 ta to‘p kiritgan eng yosh futbolchi sifatida tan olindi. Kilian bu natijaga 23 yoshu bir oyligida erishdi. Mbappe bu ko‘rsatkichni qayd etishi uchun jami 52 ta uchrashuv kifoya qildi.
Avvalgi rekord hozirda Mbappe bilan bir jamoada o‘ynayotgan Lionel Messiga tegishli edi. Argentinalik yulduz Chempionlar ligasidagi 32-golini 23 yoshu 8 oyligida urgan.
Mbappe joriy mavsumda PSJ tarkibida Fransiya chempionati, mamlakat kubogi va Yevropa Chempionlar ligasida jami 32 ta uchrashuvda maydon tushib, raqiblar darvozasini 22 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 16 ta golli pas uzatdi.
PSJ – "Real Madrid" 1:0
Gol: 1:0 – 90 Mbappe.
PSJ – Donnarumma, Xakimi, Markinos, Kimpembe, Mendesh, Danilu Pereyra (Guye, 87), Verratti, Paredes, Di Mariya (Neymar, 73), Messi, Mbappe.
"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 72), Alaba, Militao, Mendi, Modrich (Valverde, 82), Kroos, Kazemiro, Benzema (Beyl, 87), Asensio (Rodrigo, 72), Vinisius Junior (Azar, 82).
Ogohlantirish: Kazemiro (37), Verratti (40), Militao (52), Mendi (57), Danilu Pereyra (62), Kimpembe (83), Rodrigo (83), Paredes (90). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar