
Kilian Mbappe o‘zini taklif qilayotgan jamoalar uchun asosiy shartini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi o‘z imidji huquqlari bilan o‘zi shug‘ullanadi.
Fransiyalik futbolchi imidji orqali topiladigan daromadni klub bilan bo‘lishmoqchi emas. Mbappe 2017 yilda PSJ bilan shartnoma qilganida imidj huquqini klubga bergan edi va shundan beri bu yo‘nalishdagi barcha daromad klub g‘aznasiga tushmoqda.
Endi Kilian xuddi Lionel Messi singari o‘z imidjidan keladigan pullarni shaxsan o‘zi boshqarmoqchi.
Manbalarning ta’kidlashicha, kamdan-kam klublar bu taklifga ko‘nadi. PSJ esa Mbappeni saqlab qolish uchun uning talabini bajarishga tayyor.
Fransiyalik to‘purar o‘rtaga tashlagan talab “Real”ni qoniqtirmasligi aytilmoqda. Chunki “Qirollik klubi” o‘z yulduzlarining imidjidan keladigan daromadlarni o‘zi boshqaradi. Ayrim holatda esa, madridliklar daromadni teng yarmidan bo‘lishishi mumkin.
Kilian MbappeFutbolchi ImidjiPSJ ShartnomasiReal MadridTalab QoniqtirmasligiImidj Huquqlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar