Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 32-turida «Real» 17 aprel, yakshanba kuni «Sevilya» maydonida mehmon bo‘ldi.
Uchrashuvning 21-daqiqasida Ivan Rakitich jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Erik Lamela mezbonlarning ikkinchi golini urdi.
Ikkinchi bo‘lim debyutida Rodrigo madridliklarning chiroyli kombinatsiyasini muvaffaqiyatli yakunladi. 82-daqiqada Nacho muvozanatni tikladi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Karim Benzema «Real»ga g‘alaba keltirgan golga muallif bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Real» ochkolarini 75 taga yetkazib oldi va eng yaqin ta’qibchilarini 15 ochkoga ortda qoldirib, yakka peshqadam bo‘lib turibdi. «Sevilya» (60) 3-pog‘onadan joy olgan.
«Sevilya» — «Real Madrid» 2:3
Gollar: 1:0 – 21 Rakitich, 2:0 – 25 Lamela, 2:1 – 50 Rodrigo, 2:2 – 82 Nacho, 2:3 – 90+2 Benzema.
«Sevilya»: Bunu, Navas, Diyego Karlos, Kunde, Akunya (Gudel, 62), Rakitich, Gomes (Oliver Torres, 46), Lamela (Okampos, 72), Jordan, Korona (Augustinsson, 62), Marsyal (Rafa Mir, 41).
«Real Madrid»: Kurtua, Alaba, Militao, Karvaxal, Modrich (Asensio, 81), Kroos, Kamavinga (Rodrigo, 46), Vaskes (Nacho, 81), Valverde, Benzema (Mariano, 90+5), Vinisius Junior.
Ogohlantirishlar: Kamavinga (31), Marsyal (39), Nacho (78), Diyego Karlos (80), Oliver Torres (83), Mariano (90+9). “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi