WhatsApp kompyuter dasturini taqdim etdi


WhatsApp kompaniyasi o‘z kompyuter dasturini taqdim etdi. Bu haqda korporativ blog orqali xabar qilindi, deb yozmoqda "Daryo" nashri.
«WhatsApp Web singari, bizning kompyuter dasturimiz ham telefoningizga o‘rnatilgan dasturning davomidir: u mobil qurilmangizdagi suhbat va xabarlarni aynan aks ettiradi», — deyiladi xabarnomada.
Yangi kompyuter dasturi Windows 8+ va Mac OS 10.9+ tizimlariga moslashtirilgan. U har bir foydalanuvchining mobil qurilmasidagi dastur bilan sinxron ravishda ishlaydi.
Dastrurni quyidagi sahifadan yuklab olishingiz mumkin.
Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar



























Izohlar0
…