Foto: BBC
Britaniyaning Oxford Dynamics kompaniyasi Mudofaa vazirligi bilan inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan hududlarda ishlaydigan robotlarni loyihalash, yaratish va yetkazib berish bo‘yicha 1 million funt sterlingli shartnomani imzoladi.
Strider nomli ushbu robotlar kimyoviy, biologik va yadroviy zararlangan, shuningdek, o‘ta xavfli radiatsiya sharoitida ishlash uchun yaratilgan. Kompaniya direktorlaridan biri bo‘lgan Mayk Loutonning aytishicha, «oxir-oqibat yurt xizmatiga 10 ming tagacha Strider robotlari yig‘ilishi mumkin».
«Insonni hayot uchun potensial xavf tug‘diradigan joyga yuborish o‘rniga, keling, mashinalarni jo‘natamiz», — deydi Louton.
Komapniya Strider'ni o‘tgan yil noyabrda loyihalashni boshlagan va sentyabrda uni Mudofaa vazirligida foydalanish uchun Mudofaa ilm-fan va texnologiyalari laboratoriyasiga topshirishi kerak. Robot zararlangan buyumni ajratib olishi va uni germetik konteynerlarga joylashtirishi, shuningdek, odamlar uchun murakkab o‘lgan yarim avtonom harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Foto: BBC
Bundan tashqari, robot infraqizil, radiolokatsion va lidar tizimlaridan foydalanib harakatlanish qiyin bo‘lgan hududlarda yura oladi. Kompaniya robotga o‘z AVIS AI nomli o‘z dasturiy ta’minotini o‘rnatmoqchi.
Kompaniya asoschisi va direktori Shefali Sharma kelajakda mazkur texnologiyadan suv osti kemalari va qiruvchi samolyotlarda ham foydalanish mumkinligini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»