
Apple CarPlay uchun videopleyer qo‘llab-quvvatlovchi ilk dastur paydo bo‘ldi — Sidecar nomli ilova orqali avtomobilda video ko‘rish imkoniyati yaratildi, deb Pepelac News xabar berdi. Bu funksiya Apple siyosatini inobatga olgan holda haqiqiy yangilik sanaladi, chunki kompaniya CarPlay tizimida brauzer va videoservislarni qattiq cheklagan.
Yangi funksiya quyidagicha ishlaydi: foydalanuvchi iPhone orqali ilovaga video yoki veb-sayt havolasini kiritadi, shundan so‘ng kontent CarPlay interfeysida aks etadi. Biroq bu imkoniyat faqat mashina to‘xtagan holatda faollashadi.
Sidecar ilovasi ilgari ham mavjud bo‘lgan, lekin uning so‘nggi yangilanishi Apple tomonidan hech qanday to‘siqsiz tasdiqlangani ayniqsa qiziq. Bu entuziastlar uchun muhim yangilik, chunki ushbu ilova rasmiy usulda videoni ishga tushirish imkonini beradi.
Shu bilan birga, foydalanuvchilar ehtiyotkor bo‘lishi kerak: brauzer hozircha mukammal emas va bu funksiya Apple siyosatini o‘zgartirsa, yaqin orada bekor qilinishi mumkin. Ilovaning o‘zi bepul, biroq video funksiyasi uchun 10 dollar (taxminan 125 000 so‘m) to‘lash talab etiladi.
Sidecar hozirda ko‘pchilikka hakerlik usullarisiz videoga kirish imkonini rasmiy va sodda tarzda taqdim etayotgan yagona yo‘l sanaladi. Ammo bu funksiya kutulmaganda yo‘qolib qolishi ham mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar