date
views 70

GTA VI chiqishi 2026 yilga qoldirildi

GTA VI chiqishi 2026 yilga qoldirildi
Rockstar Games o'zining eng kutilgan loyihalaridan biri — Grand Theft Auto VI'ning chiqishini kechiktirdi. Kompaniyaning rasmiy bayonotiga ko'ra, o'yin 2026 yil 26 maydan erta chiqmaydi, deb xabar berdi uz.kursiv.media.

Dasturchilar bu qarorni o'yinni yuqori sifatda tayyorlash uchun qo'shimcha vaqt talab etilishi bilan izohlashdi. Ular o'z muxlislaridan kechiktirish uchun uzr so'rab, loyiha ustidan ish davom etayotganini va yaqin vaqt ichida ko'proq ma'lumot taqdim etilishini va'da berishdi.

GTA VI Vice City'da bo'lib o'tadi va seriyadagi birinchi ayol bosh qahramon — Lusiya'ni tanishtiradi. Uning hikoyasi Bonni va Klaydga o'xshash syujet elementlarini o'z ichiga oladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » GTA VI chiqishi 2026 yilga qoldirildi