date

Apple Mac va iPhone uchun xavfli zaiflikni bartaraf qiladigan yangilanish chiqdi

Apple Mac va iPhone uchun xavfli zaiflikni bartaraf qiladigan yangilanish chiqdi

Apple kompaniyasi tomonidan Mac va iPhone foydalanuvchilari xavfsizligini ta’minlash maqsadida juda muhim yangilanish taqdim etildi. Bu haqda MacRumors portali ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, iyul oyining oxirlarida tarqatilgan iOS 18.6 va macOS Sequoia 15.6 versiyalarida "CVE-2025-6558" deb belgilangan juda xavfli zaiflik bartaraf etilgan. Ushbu texnik nuqson xakerlarga Chrome brauzerining himoya tizimini chetlab o‘tib, qurilmada istalgan kodni bajarish imkonini bergan.

Eng xavfli jihati — zaiflik Apple tizimlaridagi WebKit "dvijog"iga ham ta’sir ko‘rsatgan. Bu Safari brauzeri, shuningdek, Apple'ning ko‘plab ilovalarida faoliyat yurituvchi komponent hisoblanadi. WebKit orqali zararli veb-kontent qayta ishlanganda, tizimda xatolik yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan.

Google mazkur zaiflikni 15 iyul kuni o‘z brauzerida bartaraf etgan bo‘lsa-da, Apple platformalariga chuqur integratsiyalashgani bois, iOS va macOS tizimlari uchun alohida “himoya yamog‘i” ishlab chiqilgan.

Ayni paytda ushbu zaiflik qanday ekspluatatsiya qilingani, texnik jihatlari ochiqlanmagan. Chunki kiberxavfsizlik kompaniyalari Google bilan kelishgan holda, foydalanuvchilarning katta qismi yangilanishni o‘rnatmaguncha texnik ma’lumotlarni oshkor qilmaslikka qaror qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple Mac va iPhone uchun xavfli zaiflikni bartaraf qiladigan yangilanish chiqdi