date

NASA va Google Marsga yo‘l oluvchi astronavtlar uchun AI-tibbiy yordamchi yaratmoqda

NASA va Google Marsga yo‘l oluvchi astronavtlar uchun AI-tibbiy yordamchi yaratmoqda

NASA va Google Marsga yo‘naltirilgan ekspeditsiyalarda astronavtlarning sog‘ligini ta’minlash uchun sun’iy intellekt asosida tibbiy yordamchi yaratmoqda, deb TechCrunch.com xabar berdi.

Loyiha maqsadi — uzoq muddatli kosmik parvozlarda shifokor yordami mavjud bo‘lmagan sharoitda tezkor tibbiy maslahat va diagnostika xizmatini taqdim etish.

AI tizimi jismoniy holatni kuzatish, kasallik va jarohatlarni aniqlash, shuningdek, davolash bo‘yicha tavsiyalar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Texnologiyalar offline rejimda ham ishlay oladi, bu esa Mars va Yer o‘rtasidagi aloqa kechikishlarini hisobga olganda juda muhim.

NASA va Google bu tizim kelajakda Yerdagi olis hududlarda tibbiy yordamni yaxshilash uchun ham qo‘llanilishi mumkinligini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » NASA va Google Marsga yo‘l oluvchi astronavtlar uchun AI-tibbiy yordamchi yaratmoqda