Samsung kompaniyasi foydalanuvchining miya faoliyatini tahlil qilish imkoniyatiga ega yangi quloqchinlarni ishlab chiqardi. Qurilma 92,86% aniqlik bilan sizga qaysi videolar, musiqa va taomlar yoqishini aniqlay oladi, deb xabar bermoqda.
Quloqchin miya faoliyatini o‘qiydigan sensorlar bilan jihozlangan bo‘lib, foydalanuvchi qachon zerika boshlayotganini, qachon uyqusi kelayotganini va kayfiyati o‘zgarganini aniqlay oladi. Bu texnologiya foydalanuvchining kundalik odatlarini kuzatib, individual tavsiyalar berish imkonini beradi.
Hozirda qurilma prototip shaklida sinovdan o‘tkazilmoqda va uning ishlash samaradorligi, quloqchingina miya signallarini qanday tahlil qila olishi tekshirilmoqda. Bu yangilik kelajakda texnologiya va sun’iy intellektning inson hayotiga yanada yaqinlashishiga xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!