Consumer Reports jurnali o‘tgan yilning 10 ta eng yomon avtomobilini aniqladi. Reyting odatga ko‘ra, yarim milliondan ortiq amerikalikning munosabatiga asoslanib tuzildi, deb yozmoqda carzone.uz.
“Yomon”lar mustaqil sinov natijalari, mashina egalarining taqrizi hamda to‘qnashuv testlariga asoslanib aniqlangan.
Masalan, Mitsubishi i-MiEV elektromobili sekin zaryadlanishi va yo‘l zaxirasi kamligi tufayli bu ro‘yxatga tushib qolgan.
Fiat 500L subkompaktvenining egalari sotib olganidan afsuslanganligini yozgan. Qolaversa, o‘tkazilgan sinovlar bu mashinaga o‘tirish noqulayligi va osmasining qattiqligini ko‘rsatdi.
Mitsubishi Mirage motorining qattiq titrashi, quvvati pastligi va tussiz saloni uchun “yomon”lar qatoridan joy oldi.
O‘rta sinfdagi avtomobillar orasida Chrysler 200 qulay emasligi va noqulay boshqarilishi bilan “ajralib turadi”. Haydovchi o‘rni noqulayligi, yo‘lovchi uchun o‘rtamiyona sharoiti hamda xariddan keyingi birinchi yildayoq buzilavergani uchun Toyota Tacoma pikapi past baho oldi. O‘rta o‘lchamli krossoverlarning autsayderi — Dodge Journey bo‘lib, u ishonchli emas, motori o‘lguday mechkay, to‘qnashuv testlarida arzigulik natija ko‘rsatmagan.
Mercedes-Benz CLA shohona mashinasining osmasi qattiq, saloniga kuchli shovqin eshitiladi, dvigateli yaxshimas. Maserati Ghiblining esa saloni tor va dvigatelining sarfi yuqori. Ikkala avtomobil ham “qora ro‘yxat”dan joy olgan.
Antireytingni Land Rover Discovery (ishonchli emas, saloni kamtargina) va Cadillac Escalade (tormozi yomon ishlaydi, boshqarish qiyin, ikkinchi va uchinchi qatordagi yo‘lovchilar siqilib qoladi) avtomobillari bezab turibdi.
Dono xalqimiz bejizga “Yomonning yaxshisi bo‘lgandan yaxshining yomoni bo‘l”, demaydi.
Avvalroq Amerikaning J.D. Power agentligi jahonning eng ishonchli avtomobillarini aniqlaganda ro‘yxatga Toyotaning etti va Chevroletning to‘rt rusumi kirganini eslatib o‘tamiz.
Bundan tashqari, Jenevadagi avtosalonda nufuzli “Butunjahon yil avtomobili” nomiga da’vogarlar uchligini aniqladi. G‘oliblar nomi aprelda Nyu-Yorkdagi motorshouda e’lon qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi