Google qidiruv tizimiga Reddit va forumlardagi ekspert maslahatlarini qo‘shmoqda

1 daqiqa o'qish131
Google qidiruv tizimiga Reddit va forumlardagi ekspert maslahatlarini qo‘shmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Google kompaniyasi o‘zining sun’iy intellekt asosidagi qidiruv tajribasini yangilab, tizimga Reddit kabi forumlar va ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalardan olingan javoblarni qo‘shmoqda.
  • Shuningdek, yangi funksiya doirasida ma’lumot manbalariga oid qo‘shimcha kontekst, jumladan, muallif yoki hamjamiyat nomi ham ko‘rsatib boriladi.

Google o‘zining sun’iy intellekt (AI) asosidagi qidiruv tajribasini yangilamoqda. Yendilikda tizim foydalanuvchilarga nafaqat rasmiy manbalar, balki Reddit kabi forumlar va ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalardan olingan javoblarni ham taqdim etadi. Shuningdek, foydalanuvchilar obuna bo‘lgan yangiliklar manbalari ham qidiruv natijalarida alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Google avvalroq qidiruv tizimiga "AI Overview" funksiyasini joriy yetgan edi, biroq bu yangilik foydalanuvchilar tomonidan turlicha qabul qilindi. Tizim ba’zida kinoya yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni ajrata olmay, kulgili va xavfli tavsiyalarni berib qo‘ygan holatlar kuzatildi. Garchi sun’iy intellekt ancha takomillashgan bo‘lsa-da, LLM texnologiyalari uchun xos bo‘lgan "gallyutsinatsiyalar" yoki noto‘g‘ri faktlarni taqdim yetish xavfi hali ham saqlanib qolmoqda.

New York Times tahliliga ko‘ra, AI tomonidan berilgan javoblarning 90 foizi to‘g‘ri. Biroq Google kuniga trillionlab so‘rovlarni qayta ishlashini hisobga olsak, qolgan 10 foizlik xatolik ko‘lami juda katta bo‘lishi mumkin. Aynan shu sababli kompaniya foydalanuvchilarning o‘zaro fikr almashinuviga tayanib, qidiruv natijalarini boyitishga qaror qildi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar qidiruv so‘rovlariga ataylab "Reddit" so‘zini qo‘shib yozishi ham aynan jonli tajribaga bo‘lgan yehtiyojdan dalolat beradi.

Yangi funksiya doirasida Google ma’lumot manbalariga oid qo‘shimcha kontekstni, jumladan, muallif nomi yoki hamjamiyat nomini ham ko‘rsatib boradi. Bu foydalanuvchilarga ma’lumotning ishonchliligini baholashga yordam berishi kerak. Shunga qaramay, mutaxassislar AI tomonidan keltirilgan iqtiboslarni har doim qayta tekshirishni tavsiya yetishmoqda, chunki ChatGPT yoki Claude kabi tizimlar ham ba’zida noto‘g‘ri manbalarga havola berishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?