Ethos ekspertlar tarmog‘i uchun a16z’dan 22,75 million dollar sarmoya oldi

Ethos ekspertlar tarmog‘i uchun a16z’dan 22,75 million dollar sarmoya oldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Londonlik Ethos startapi a16z boshchiligidagi Series A investitsiya bosqichida 22,75 million dollar mablag‘ jalb qildi.
  • 2024-yilda James Lo va Daniel Mankowitz tomonidan asos solingan bu kompaniya sun’iy intellekt va ovozli tizim yordamida ekspertlarni saralash jarayonini tubdan o‘zgartirishni maqsad qilgan.
  • Platforma mutaxassislarning ish unvonlarida ko‘rsatilmagan chuqur bilim va tajribalarini aniqlash imkonini beradi.

Kompaniyalar loyihalar uchun maslahat yoki fikr izlaganda odatda LinkedIn yoki GLG, Third Bridge va AlphaSights kabi an’anaviy yekspert tarmoqlariga murojaat qilishadi. Biroq, ko‘pincha bu platformalar mutaxassislarni faqat lavozimiga qarab saralashi sababli sifatli natijalarni taqdim eta olmaydi. Londonlik startap Ethos sun’iy intellekt yordamida ushbu jarayonni tubdan o‘zgartirishni maqsad qilgan. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Ethos ekspertlar uchun ovozli tizim orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini taqdim yetadi. Bu jarayon mutaxassislarning ish unvonlarida ko‘rsatilmagan chuqur bilim va tajribalarini aniqlashga yordam beradi. Kompaniyalar esa tabiiy tildagi so‘rovlar orqali o‘z loyihalari uchun eng mos nomzodlarni topishlari mumkin. Masalan, platforma “moliya avtomatizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi va nufuzli investorlar tomonidan moliyalashtirilgan startaplarda ishlagan mutaxassislarni topish” kabi murakkab so‘rovlarga aniq javob bera oladi.

Yaqinda Ethos a16z boshchiligidagi Series A investitsiya bosqichida 22,75 million dollar mablag‘ jalb qildi. Ushbu bosqichda General Catalyst, XTX Markets, Evantic Capital va Common Magic kabi kompaniyalar ham ishtirok yetdi. a16z vakili Anish Acharya an’anaviy platformalar faqat yuzaki ma’lumotlarni taqdim yetishini, Ethos esa ovozli intervyular orqali mutaxassislarning haqiqiy salohiyatini ochib berishini ta’kidladi.

Startap 2024-yilda James Lo va Daniel Mankowitz tomonidan asos solingan. Lo ilgari McKinsey va SoftBank kompaniyalarida ishlagan bo‘lsa, Mankowitz DeepMind’da sun’iy intellekt bo‘yicha tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritgan va Gemini hamda AlphaDev loyihalarida ishtirok yetgan. Ta’sischilarning maqsadi — insonlar, kompaniyalar va mahsulotlar o‘rtasidagi bilimlar grafigini to‘g‘ri algoritmlar yordamida bog‘lashdir.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar