xAI kompaniyasining Grok Imagine tizimi yangi sifat rejimiga ega boʻldi

Elon Musk asos solgan xAI kompaniyasi oʻzining tasvir yaratish tizimi — Grok Imagine uchun yangi “Quality Mode” rejimini taqdim etdi. Ushbu yangilanish platforma APIʼsi orqali foydalanuvchilar uchun ochiq boʻlib, tasvirlar sifatini sezilarli darajada oshirishga qaratilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, ushbu model yordamida allaqachon 300 milliondan ortiq tasvir yaratilgan. Yangi rejim tasvirlarning realizmini oshirish, matnlarni aniqroq aks ettirish hamda murakkab soʻrovlarni tushunish qobiliyatini yaxshilash imkonini beradi.
Grok Imagine Quality Mode asosan marketing, dizayn, taqdimotlar va tijoriy kontent yaratish kabi professional sohalar uchun moʻljallangan. Bu tizim ijodiy koʻrsatmalarni yanada aniqroq bajarishga qodir.
Shuningdek, xAI yaqinda Grok 4.3 modelining yakuniy versiyasini chiqardi. Avvalroq Elon Musk xAI va SpaceX kompaniyalari birlashishini eʼlon qilgan edi. Endilikda xAI alohida tuzilma sifatida emas, balki SpaceX tarkibidagi SpaceXAI boʻlinmasi sifatida faoliyat yuritadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!