Janubiy Koreya 2,5 mingta Audi va Volkswagen mashinalarini ortga – Germaniyaga jo‘natmoqda. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda. Qaytariladigan mashinalar "dizel mojarosi" sababli mamlakatda sotilishi taqiqlangan mashinalardir.
Axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobillar 2016 yildan beri Pxyontxek portida turibdi. Hozirda u erda nemis brendlariga qarashli 10 mingtadan ko‘proq avtomobil bor. Ayni vaqtda 1,3 mingta Audi va Volkswagen mashinalari Germaniyaga qaytarilgan, qolgan 1,2 mingta mashina aprel oxirida qaytariladi.
Janubiy Koreyada o‘tgan yil oxirida Volkswagen avtomobillari sotilishi to‘xtatilgan. Janubiy Koreya hukumati 80 model va ularning modifikasiyalari sertifikatlarini bekor qilgan va nemis kompaniyasidan 1,7 mlrd von (16,06 mln dollar) miqdorida jarima to‘lashni talab qilgan. Umumiy holda 200 mingdan ko‘proq mashina sertifikatlashtirishdan mahrum bo‘lgan.
Umumiy hisobda "dizel mojarosi" butun dunyo bo‘ylab 11 mln ta mashinaga ta’sir qilgan. Nemis kompaniyasining AQShda mojaro oqibatlarini bartaraf etish sarf- xarajatlari 15 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi