OpenAI GPT-5.6 modellar oilasini taqdim etdi

Texno1 daqiqa o'qish213
OpenAI GPT-5.6 modellar oilasini taqdim etdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • OpenAI kompaniyasi uchta variantdan iborat yangi GPT-5.6 modellar oilasini umumiy foydalanish uchun taqdim etdi.
  • Yangi avlod Sol asosiy va eng kuchli, Terra kundalik ish uchun muvozanatli, Luna esa eng tejamkor variant sifatida ishlab chiqilgan.
  • GPT-5.6 kod yozish, bilimga asoslangan vazifalar, kiberxavfsizlik va ilmiy ishlar bilan bog‘liq topshiriqlarda avvalgi modellarga nisbatan samaraliroq ishlashga mo‘ljallangan.

OpenAI GPT-5.6 modellar oilasini umumiy foydalanish uchun taqdim etdi. Yangi avlod uchta variantdan iborat: Sol asosiy va eng kuchli model sifatida, Terra kundalik ish uchun muvozanatli variant sifatida, Luna esa eng tejamkor model sifatida ko‘rsatilgan.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, GPT-5.6 kod yozish, bilimga asoslangan vazifalar, kiberxavfsizlik va ilmiy ishlar bilan bog‘liq topshiriqlarda avvalgi modellarga nisbatan samaraliroq ishlashga mo‘ljallangan. OpenAI Sol versiyasi murakkab vazifalarda yuqori natija berishi, kamroq token sarflashi va ayrim jarayonlarni tezroq bajarishini qayd etgan.

Yangi modellarda max va ultra rejimlari ham bor. Max modelga vazifani chuqurroq o‘rganish va natijani qayta tekshirish uchun ko‘proq vaqt beradi. Ultra rejimi esa bir nechta agentni parallel ishlatib, uzoq davom etadigan yoki bir necha bosqichli ishlarini tezroq yakunlashga yordam beradi.

GPT-5.6 faqat matn yoki kod tayyorlash bilan cheklanmaydi. U tayyor natijani tekshirish, interfeys yoki hujjatdagi kamchiliklarni topish va ularni tuzatish imkoniyatlariga ham ega. OpenAI model taqdimotlar, hujjatlar va elektron jadvallar bilan ishlashda aniqroq natija berishi mumkinligini bildirgan.

Yangi avlod ChatGPT, Codex va OpenAI API orqali bosqichma-bosqich tarqatilmoqda. ChatGPT Work xizmatida model Slack, Notion, Microsoft 365 va Google Drive kabi ish muhitidagi ma’lumotlar bilan ishlab, ulardan tayyor hujjat, taqdimot yoki boshqa materiallar yaratishi mumkin.

API orqali dasturchilar Sol, Terra va Luna modellaridan foydalanishi mumkin. OpenAI narxlarni 1 million token hisobida belgilagan: Sol uchun kirish tokenlari 5 dollar, chiqish tokenlari 30 dollar; Terra uchun 2,5 va 15 dollar; Luna uchun 1 va 6 dollar.

Kompaniya modellar ommaviy foydalanishga chiqarilishidan oldin xavfsizlik bo‘yicha keng sinovlardan o‘tkazilganini ma’lum qildi. Unda insonlar ishtirokidagi red teaming, avtomatlashtirilgan testlar va zararli foydalanishga qarshi qo‘shimcha himoya choralari qo‘llangan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?