date

Instagram‘dagi #BeelineICT xeshtegi orqali ICTExpo 2015‘da smartfon yutib olish mumkin

Instagram‘dagi #BeelineICT xeshtegi orqali ICTExpo 2015‘da smartfon yutib olish mumkin

Beeline ICTExpo 2015 An’anaviy milliy axborot texnologiyalari ko‘rgazmasiga tashrif buyurganlar orasida ommabop Instagram ijtimoiy tarmog‘ida tanlov o‘tkazmoqda.

Tanlov qoidalari juda oson: ekspozisiya mehmoni Beeline stendi fonida noyob fotosuratga tushib, uni o‘zining Instagram‘dagi ochiq profiliga #BeelineICT xeshtegi bilan yuklashi kifoya. 17 sentyabrning 10:00gacha eng ko‘p Like bahosini to‘plagan muallifning surati tanlovning g‘olibi deb tan olinadi va asosiy sovrin – UZTE Grand V7 smartfonini qo‘lga kiritadi.

“Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlarimiz uchun qiziqarli va ochiq-oydin tanlovni sovg‘a sifatida tayyorladik, – deydi Unitel‘ning matbuot kotibi Elvira Settarova. – Deyarli har kim Insagram‘dagi o‘z profilini ishga solishi, yoki yangi profil ochib o‘z kreativ iste’dodini namoyish qilishi mumkin”.

Eslatib o‘tamiz, ICTExpo 2015 ko‘rgazmasi 15 sentyabrdan 17 sentyabrga qadar UzEkspoMarkazning ikkinchi pavilonida bo‘lib o‘tadi. Beeline stendi “Smartfonlar uchun eng zo‘r operator” shiori ostida ishlamoqda.

Batafsil ma’lumot – www.instagram.com/beeline_uzbekistan
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Instagram‘dagi #BeelineICT xeshtegi orqali ICTExpo 2015‘da smartfon yutib olish mumkin