date

ICTExpo doirasida Beeline stendida bepul WiFi-maydoncha tashkil etildi

ICTExpo doirasida Beeline stendida bepul WiFi-maydoncha tashkil etildi

Beeline ICTExpo 2015 axborot-telekomminikasiya texnologiyalari ko‘rgazmasi hududida bepul WiFi-maydoncha tashkil etdi.

Voqeani sharhlar ekan Unitel‘ning texnik direktori Evgeniy Klyuchev shunday dedi: “Abonentlar uchun qulay WiFi-maydonchani taqdim etgan holda, Beeline yana bir bor o‘zining mijozlarga bo‘lgan moyilligi va ishonchliligini namoyish etdi. Uch kun mobaynida ekspozisiyamizga o‘n mingdan ziyod kishi tashrif buyuradi, va ularning har birida yuqori sifatdagi Internetdan foydalanish imkoni bor”.

ICTExpo mehmonlari o‘z smartfonlariga ko‘rgazmada kompaniya tomonidan taqdim etilgan innovasion mobil ilovalarni o‘rnatish va sinab koish, shuningdek o‘zlarining yorqin va qiziqarli fotosuratlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ICTExpo 2015 ko‘rgazmasi 15 sentyabrdan 17 sentyabrga qadar UzEkspoMarkazning ikkinchi pavilonida bo‘lib o‘tadi. Beeline stendi “Smartfonlar uchun eng yaxshi operator” shiori ostida ishlamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » ICTExpo doirasida Beeline stendida bepul WiFi-maydoncha tashkil etildi