09:31 / 30.09.2017
3 714

AQSh hukumati Apple'dan iPhone'ga radio qo‘shishni talab qildi

АҚШ ҳукумати Apple'дан iPhone'га радио қўшишни талаб қилди
AQSh Federal aloqa komissiyasi odamlar favqulodda vaziyatlardan ogoh bo‘lishi uchun Apple kompaniyasidan iPhone'da FM-modulni faollashtirishni talab qildi, deb yozadi Kun nashri.

Xizmat rahbari Adjit Payning izoh berishicha, ayfon egalari Florida, Puerto-Riko va Texasidagi Xarvi, Irma yoki Mariya dovullaridan xabar topmay qolishi ham mumkin edi. Bloomberg'da ta’kidlanishicha, Apple qurilmalari AQSh smartfonlar bozorining 40 foizini egallaydi.

"Men Apple'dan iPhone'dagi FM-modullarni faollashtirishni so‘rayman. Kompaniyaning mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan va Amerika xalqi xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yadigan vaqti keldi".
Adjit Pay, AQSh Federal aloqa komissiyasi rahbari


Bir necha yildan beri smartfonlar ishlab chiqaruvchilaridan modulni faollashtirishni talab qilib kelgan AQSh Milliy televideniye assotsiatsiyasi (National Association of Broadcasters) ham mazkur talabni qo‘llab-quvvatladi. Motorola, LG va Samsung uning ko‘rsatmalariga quloq tutdi.

Apple'da Federal aloqa komissiyasining talabiga iPhone 7, iPhone 8 va iPhone X smartfonlarida radiomodullar yo‘qligi bilan javob berishdi. Radio muxlislari yangiliklar stansiyalarini Apple Music yoki watchOS 4.1'dagi "Radio" ilovasi orqali tinglashlari mumkin.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, ayfon egalari favqulodda xizmatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bloklash ekrani orqali murojaat qilishadi va favqulodda vaziyatlardan xabar topishadi. Apple'ning marketing bo‘yicha katta prezidenti Filipp Shiller ham bu ma’lumotni tasdiqladi.

TechCrunch nashrida ma’lum qilinishicha, Apple eski modellaridan radioni olib tashlagan. iPhone 6 va iPhone 6S'da FM-modullar bo‘lgan, biroq ular protsessorlarga kiritilib, antennalarga ulanmagan. Bundan chiqdi, agar AQSh Apple'ni modullarni yoqishga majbur qilgan taqdirda ham, kompaniya bunday qila olmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSh hukumati Apple'dan iPhone'ga radio qo‘shishni talab qildi