15:08 / 31.05.2018
4 273

Rossiya brendi 3 kungacha quvvatlanmasdan ishlay oladigan smartfon taqdim etdi

Rossiya brendi 3 kungacha quvvatlanmasdan ishlay oladigan smartfon taqdim etdi
Foto: “DigiMedia.ru”
Rossiyaning “BQ” brendi yangi hamyonbop “Balanse” smartfonini yaratdi. Qurilmaga sig‘imi 5000 mA/soatga teng akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, buning yordamida smartfon uch kunchaga bemalol quvvatlanishsiz ishlay oladi. Shuningdek, smartfondan boshqa gadjetlarni quvvatlantirishda ham foydalansa bo‘ladi, deb xabar berdi “Xabar” nashri.

“BQ Balanse” smartfoniga 5,2 dyuymli IPS displeyi o‘rnatilgan bo‘lib, u to‘liq laminatsiyalangan. Bu ekran va himoya qatlami orasida havo pufakchalari yo‘qligini va undagi tasvirlar ancha yorqin hamda katta ko‘rinishini bildiradi.

Smartfonga to‘rt yadroli “Mediate MT6737” protsessori, 2 gigabayt tezkor xotira va 16 gigabayt ichki xotira o‘rnatilgan.

Asosiy kamerasi 13 megapiksellga, frontal kamerasi esa 8 megapiksellga teng, uning yordamida “portret” rejimida suratga olish ham mumkin.

Ayni vaqtda smartfonni firma do‘konlaridan 133 dollarga xarid qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiya brendi 3 kungacha quvvatlanmasdan ishlay oladigan smartfon taqdim etdi