18:46 / 21.08.2018
4 472

Eron o'zida ishlab chiqarilgan ilk qiruvchini taqdim etdi

Eron o'zida ishlab chiqarilgan ilk qiruvchini taqdim etdi
Фото: Tasnim
Tehronda tantanali marosim bo'lib o'tdi, unda eronlik harbiylar o'zlarida ishlab chiqarilgan dastlabki qiruvchini taqdim etdilar. Bu haqda Tasnim agentligiga asosan Kun nashri xabar bermoqda.

Mudofaa sanoati kuni arafasida o'tkazilgan marosimda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ham ishtirok etdi. Samolyot Kowsar deb ataldi. Qiruvchi turli xil qurollarni o'zida olib yurishi mumkin. Undan aviatsiyani qo'llab-quvvatlash bo'yicha operatsiyalarda foydalanish rejalashtirilgan.
Foto: Tasnim
Ta'kidlanishicha, qiruvchi mudofaa sanoati sohasidagi mutaxassislarning «keng qamrovli tadqiqoti» yordamida ishlab chiqilgan. Shunga qaramay, agentlikning materialida samolyotning batafsil tavsifi keltirilmagan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq AQSh eronlik ikki josus ushlangani haqida ma'lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Eron o'zida ishlab chiqarilgan ilk qiruvchini taqdim etdi