Axborot xavfsizligi hodisalariga chora koʻrish xizmati (UZCERT) android qurilmalar uchun (*.apk) ommabop messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar (VK, Facebook, Odnoklassniki, Telegram, Whatsapp va boshqalar) guruhlari va kanallarida zararlovchi ilovalar tarqatilishi holatlari koʻpayganidan ogohlantirdi. Bu haqda Axborot va jamoat xavfsizligi xizmatiga tayanib “Xabar” nashri maʼlum qilmoqda.
Mazkur zararlovchi dasturlar Android operatsion tizimidagi mobil qurilmalar ishini mobil qurilmani boshqarish imkoniyatidan foydalanishga toʻsqinlik qilish yoʻli orqali bloklashga moʻljallangan. Blokdan chiqarish faqat muayyan kod (parol) kiritilganidan keyin amalga oshiriladi.
Zararlovchi dasturlar gʻarazgoʻylar tomonidan ushbu dastur tomonidan bloklangan, bloklanish ekranida koʻrsatilgan mobil telefon raqamiga mablagʻlar oʻtkazilganidan soʻng, blokdan chiqarish kodini koʻrsatish orqali mobil qurilmalar foydalanuvchilaridan pul mablagʻlarini tovlamachilik yoʻli bilan olib qoʻyish maqsadida foydalaniladi.
UZCERT tavsiyalari:
- Mobil qurilmadan xavfsiz foydalanish maqsadida nomaʼlum manbalardan keluvchi dasturiy taʼminotlarni oʻrnatmaslik maslahat beriladi. Shuningdek, mobil qurilmaga antivirus dasturiy taʼminotini oʻrnatish zarur va antivirus bazalarining dolzarbligini kuzatib borish talab etiladi.
- Bu kabi hodisalar aniqlagan holatlarda UZCERT xizmati mutaxassislariga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishingiz soʻralgan: (95) 170-98-97 yoki e-mail: info@uzcert.uz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Oxirgi uch oyda IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qancha mablag‘ olingani ma’lum bo‘ldi

«ANDROID-8.0» yaqinda foydalanishga topshiriladi

«Odnoklassniki» WhatsApp va Telegramning raqibini taqdim etadi

Google va Twitter qo‘shma yangiliklar xizmatini ishga tushirmoqda

UZEX birjaning mobil ilovasi yaratildi

Samsung o‘zbekistonlik foydalanuvchilarni SMS-spamlardan ogohlantirdi