Foto: “infosec.uz”
Axborot xavfsizligi hodisalariga chora koʻrish xizmati (UZCERT) android qurilmalar uchun (*.apk) ommabop messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar (VK, Facebook, Odnoklassniki, Telegram, Whatsapp va boshqalar) guruhlari va kanallarida zararlovchi ilovalar tarqatilishi holatlari koʻpayganidan ogohlantirdi. Bu haqda Axborot va jamoat xavfsizligi xizmatiga tayanib “Xabar” nashri maʼlum qilmoqda.
Mazkur zararlovchi dasturlar Android operatsion tizimidagi mobil qurilmalar ishini mobil qurilmani boshqarish imkoniyatidan foydalanishga toʻsqinlik qilish yoʻli orqali bloklashga moʻljallangan. Blokdan chiqarish faqat muayyan kod (parol) kiritilganidan keyin amalga oshiriladi.
Zararlovchi dasturlar gʻarazgoʻylar tomonidan ushbu dastur tomonidan bloklangan, bloklanish ekranida koʻrsatilgan mobil telefon raqamiga mablagʻlar oʻtkazilganidan soʻng, blokdan chiqarish kodini koʻrsatish orqali mobil qurilmalar foydalanuvchilaridan pul mablagʻlarini tovlamachilik yoʻli bilan olib qoʻyish maqsadida foydalaniladi.
UZCERT tavsiyalari:
- Mobil qurilmadan xavfsiz foydalanish maqsadida nomaʼlum manbalardan keluvchi dasturiy taʼminotlarni oʻrnatmaslik maslahat beriladi. Shuningdek, mobil qurilmaga antivirus dasturiy taʼminotini oʻrnatish zarur va antivirus bazalarining dolzarbligini kuzatib borish talab etiladi.
- Bu kabi hodisalar aniqlagan holatlarda UZCERT xizmati mutaxassislariga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishingiz soʻralgan: (95) 170-98-97 yoki e-mail: [email protected]. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»