Foto: EPA
Amerikaning Apple korporatsiyasi keyingi avlod smartfonlarini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Biroq internetda iPhone 12 Pro’ning asosiy xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘ldi, deb yozadi «Korrespondent.net».
Shunday qilib, yangi gadjet yaxshilangan ProMotion displeyiga ega bo‘ladi. Ushbu displey texnologiyasi kontentdan qat’i nazar turli ish rejimlari o‘rtasida intellektual tarzda bir-biriga o‘tish imkonini beradi. Yangi devays 5G’ni qo‘llab-quvvatlaydi.
Yangi iPhone 12 Pro yaxshilangan avtofokusli 12 megapikselli kameraga ega bo‘ladi. Kamera esa yorug‘lik kam paytida tasvir sifatini oshiruvchi yangi LiDAR sensori bilan ta’minlanadi. Digital Zoo esa tasvirni 30 marta kattalashtirish imkonini beradi.
Qayd etilishicha, 5,4 dyuymli ekranga ega iPhone 12 smartfoni 649 dollarga narxlanadi.
6,1 dyuymli ekranga ega iPhone 12 Pro 999 dollarga tushadi. 6,7 dyuymli ekranga ega iPhone 12 Pro Max smartfonini 1099 dollarga olish mumkin bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?