Foto: Getty Images
Yaponiyada yangi tish o‘stirish texnologiyasi ishlab chiqildi. Yangi texnologiya tishlari odamnikiga o‘xshash jihatlarga ega bo‘lgan sichqonlar va sassiqkuzanlarda sinovdan o‘tkazilgan.
Science Advances ilmiy nashrida ma’lum qilinishicha, davolash metodikasi organizmni yangi tishlarni o‘stirishga majbur qiladigan monoklonal antitanalarga asoslangan.
Tadqiqotning ko‘rsatishicha, USAG-1 genini bloklash suyak morfogenetik oqsili faolligini oshiradi. Bu molekulalar tana a’zolari va to‘qimalar o‘sishini tartibga solishga javob beradi.
Ushbu oqsil faoliyatiga aralashuv jiddiy nojo‘ya ta’sirlar keltirib chiqarishi mumkin. Biroq olimlar USAG-1’ning suyak morfogenetik oqsili bilan ta’sirlashishini o‘zgartiruvchi bir qator monoklonal antitanalarni tekshirib, ular orasidan nojo‘ya ta’sir keltirib chiqarmaydigan antitanani aniqlashgan.
Texnologiya sichqonlar va sassiqkuzanlarda sinovdan o‘tkazildi.
“Keyingi rejamiz antitanalarni it va cho‘chqa kabi boshqa hayvonlarda sinovdan o‘tkazishdan iborat”, deb ma’lum qilishgan olimlar. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”