10:16 / 24.04.2021
2 057

«Yashin-kamera»: Xiaomi noodatiy smartfonni o‘ylab topdi


Foto: LetsGoDigital
Internetda Xiaomi kompaniyasining o‘ziga xos dizaynga ega smartfoni patentiga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Qurilmaning yon tomonlari tekis bo‘lgani sabab o‘tgan yilgi Apple lineykasini yodga soladi. Shuningdek, unda bitta jismoniy tugma yoki port borligini ko‘rish mumkin, bu smartfonga futuristik ko‘rk bag‘ishlagan.

Qurilma korpusining old qismida kamera uchun teshiklarsiz katta displey joylashgan. Smartfon ekranosti kamerasi bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin. Xiaomi bu kabi texnologiya ustida ish olib borayotgani oldindan ma’lum.

Foto: LetsGoDigital
Xiaomi tomonidan patentlangan smartfon orqa korpusi ham noodatiy dizaynga ega. Unda kameralarning yangi tizimini ko‘rish mumkin — linzalar yashin shaklida joylashgan. Bu chaqnoqqa ega uchtalik kamera yoki ikkitalik chaqnoqqa ega ikkita kamera bo‘lishi mumkin.
Xiaomi mazkur smartfonini qachon taqdim etishi noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Yashin-kamera»: Xiaomi noodatiy smartfonni o‘ylab topdi