1 193
Muntazam ravishda achchiq taomlar iste’mol qilish organizmga qanday ta’sir o‘tkazadi?
Foto: Pinterest
Tabiiyki, hamma taomlar ham ishtahani ochmasligi mumkin. Bunday paytlarda sous va ziravorlar yordamga keladi. Ko‘pchilik achchiq taomni yaxshi ko‘radi, ayniqsa xitoy va koreys oshxonalarini sevuvchilar. Ammo ularni har kuni iste’mol qilish natijasida organizmda qanday o‘zarish yuz beradi? Grazia nashri ushbu savolga javob berdi.
Metabolizmni tezlashtiradi
Achchiq taom iste’mol qiladigan har bir kishi uning nojo‘ya ta’sirlar haqida biladi: kuchli terlash, ko‘z yoshlanishi, yurak urishi tezlashishi va nafas qisilishi. Yaxshi tomoni shundaki, ko‘plab ziravorlarning bir qismi bo‘lgan va ovqatga juda achchiq ta’m beradigan chili qalampirida kapsaitsin mavjud. Ushbu modda metabolizmni tezlashtiradi, bu esa vazn yo‘qotishni osonlashtiradi.
Yurak xastaliklari xavfini kamaytiradi
Doktor Kerri Lamning so‘zlariga ko‘ra, achchiq taom iste’mol qiladigan odamlarda yurak-qon tomir kasalliklari — insult va yurak xurujlari kamroq kuzatilishi aniqlangan. Gap shundaki, kapsaitsin organizmdagi yallig‘lanish jarayonlarini sekinlashtirishga yordam beradi va xolesterin darajasini pasaytiradi.
Kayfiyatni ko‘taradi
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ziravorlar miyani kayfiyatni ko‘taruvchi gormon — serotoninni chiqarishga undaydi. Bu stress va tashvishdan xalos bo‘lishga yordam beradi va kun davomida inson o‘zini yaxshi his qiladi.
Ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin
Achchiq ovqat og‘izda achishish hissini keltirib chiqaradi va qizilo‘ngach va oshqozon-ichak traktining shilliq qavatini bezovta qiladi. Shu sababli, oshqozon kislotasi oshqozon-ichak traktiga quyilib, bu sohada noqulaylik va og‘riqni keltirib chiqarishi mumkin.
Uyqu sifati yomonlashadi
Mutaxassislar kechki ovqat uchun achchiq taomlar iste’mol qilishni tavsiya etmaydi, aks holda tuni bo‘yi uyqusizlik qiynashi mumkin. Buning sababi shundaki, achchiq ziravorlar tana haroratini ko‘taradi, ular ham yurak urishini tezlashtirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi