Velosport - yoqimli va foydali mashg‘ulotlardan biri. U bilan muntazam shug‘ullanish turli kasalliklarga chalinishni oldini oladi. Velosipedning erkaklar, ayollar, bolalar, hatto homilador ayollar uchun ham foydasi ko‘p. Albatta, me’yorida.
Foydali xususiyatlari
Velosiped haydash butun tananing umumiy salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi. Ko‘ngina yurak kasalliklarini ilk bosqichida aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, nafas olish va yurak - qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi. O‘rta yoshli odam uchun velosiped haydayotganda optimal puls daqiqasiga 138 dan 157 bo‘lishi xavfsiz bo‘lishi mumkin.
Velosiped haydash yurak xastaligi va saraton xavfini kamaytiradi. Shuningdek, chidamlilik va o‘pka rivojlanishiga yordam beradi, bu esa nafas olishni osonlashtiradi. Velosipedda yurish psixologik holatni yaxshilashga yordam beradi, chunki velosayr paytida endorfinlar ajralib chiqadi va kortizol darajasi yaxshilanadi. Muntazam jismoniy harakat sababli uyqu yaxshiroq va xotirjam bo‘ladi, miyaning kognitiv funksiyalari kuchayadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, velosiped vazn yo‘qotishga va son sohasida mushaklar yig‘ishga yordam beradi.
2-toifa diabet bilan og‘rigan odamlarda erta o‘lim xavfi kamayadi. Velosiped haydash paytida ko‘proq jismoniy faollik keksa odamlarda ko‘zlari ko‘rmay qolishining asosiy sababi deb hisoblanadigan yoshga bog‘liq katarakta ehtimolini kamaytirishi mumkin. Tana muntazam mashg‘ulotlar bilan yaxshi holatda bo‘lganligi sababli, har qanday kasallikka chalinish kamayadi.
Velosipedlardan ommaviy foydalanish havoga karbonad angidrid chiqindilarini kamaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bu ham aholining umumiy turmush sifatiga ta’sir qiladi. Velosipedda yurish vaqt va benzin uchun tejaydi, ortiqcha va yoqimsiz tirbandliklarning oldini oladi.
Qancha kaloriya yo‘qoladi?
Velosiped haydab mushaklarni chiniqtirish bilan birgalikda, kaloriyalardan xalos bo‘lish mumkin. Masalan, 40-90 minutlik velosayrda 200dan 800 gacha kilokaloriya sarflanadi. Velosiped haydab ortiqcha vazndan xalos bo‘lish osonroq va yengilroq, chunki mo‘’tadil va intensiv jismoniy faoliyatda vazn tez yo‘qoladi. Velosport bilan muntazam shug‘ullanish metabolizmni yaxshilash va qorin-qorinoldi sohalarda yog‘lardan xalos bo‘lishga yordam beradi.
Agar haftada uch-to‘rt marta 1 soatlik velosayr qilib, to‘g‘ri ovqatlanish qoidalarga rioya qilinsa, ancha yengil va samarali ozish mumkin.
Zararlari
Velosiped haydashdan oldin ozgina chiniqtiruvchi mashqlar qilish kerak. Chunki bu bo‘g‘im va mushaklarga yuklamalarni kamaytiradi. Velosiped haydayotganda aynan ular xavf zonasida bo‘ladi. Shuningdek, noqulayliklar va yiqilganda shikastlarni oldini olish uchun velosayrga to‘g‘ri kiyim tanlash kerak.
Aslida velosipedning salomatlikka foydali jihatlari zararlariga qaraganda ko‘p.
Kimlarga mumkin emas?
Garchi velosport universal mashg‘ulot bo‘lsada, unda ham bir qancha qarshi ko‘rsatmalar bor:
- Varikoz kasalligining kuchayishi;
- Koordinatsiya va reaksiya ko‘rsatish funksiyasining buzilishi;
- Skolioz (umurtqa qiyshiqligi);
- Epilepsiya (tutqanoq);
- Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari;
- Anemiya (kamqonlik);
- Homiladorlik (oxirgi oylarida);
- Osteoporoz (suyaklar bilan muammolar). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?