13:30 / 17.12.2022
1 354

Bir kunda qancha piyoda yurish kerak? Mutaxassis tavsiyasi

Bir kunda qancha piyoda yurish kerak? Mutaxassis tavsiyasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori direktori Nodira Alixanova piyoda yurishning inson salomatligiga foydali jihatlari haqida gapirdi.

— Hammasi individual. Eng avvalo, inson o‘zining jismoniy holatiga qarashi lozim. Qancha piyoda yurgisi kelsa, shuncha yurishi va masofani har kuni o‘rtacha 100 qadamdan oshirib borishi maqsadga muvofiq.

Shuningdek, bu mashg‘ulotga yaqinlar, do‘stlarni ham chorlash kerak. Eng muhimi, mazkur jarayondan rohat olish, uni tanani qiynaydigan mashg‘ulot sifatida qabul qilmaslik zarur.

Qachon boshlash kerak?

Mashg‘ulotni ovqatdan 1 soat avval yoki taomlangandan 1,5-2 soat keyin boshlash eng maqbul yo‘l. Eng asosiysi, yurishni har qanday ob-havo sharoitida bajarish mumkin, faqat mavsumbop kiyim bo‘lsa, kifoya.

Qachon tugatamiz?

Yurish vaqti uxlashdan 2 soat oldin tugagani ma’qul. 35 yoshdan yuqori va hech qachon sport bilan shug‘ullanmagan inson juda sekin yurishdan boshlagani maqsadga muvofiq. Qolaversa, 35 yoshdan oshmaganlarga ham mashg‘ulotni sekin yurishdan boshlash tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik