Anor tarkibida shunchalik ko‘p tabiiy moddalar mavjudki, dietologlar uni hatto eng jiddiy kasalliklarda ham yeyishni tavsiya qiladi.
Vitaminlarga boy meva
O‘rtacha og‘irligi 300 dan 500 grammgacha bo‘lgan anor tarkibida C vitamini (inson organizmining kunlik ehtiyojining 30 foizi), K vitamini (36 foiz), foliy kislotasi (16 foiz), kaliy (12 foiz), shuningdek, B vitamini, klechatkalar, oqsillar, fosfor va kalsiy mavjud.
Prostata saratonining oldini olish. Tadqiqotlar anorning apoptozni rag‘batlantirish orqali bo‘linishni sekinlashtirishi va hatto malign hujayralarning nobud bo‘lishiga olib keladigan noyob xususiyatini isbotladi. Prostata saratonining oldini olish uchun kuniga 240 ml anor sharbatini ichish tavsiya etiladi.
Qon bosimining oshishi. Anor qon bosimini pasaytiradi va qon tomirlarining funksionalligiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Qon bosimi oshishidan shikoyat qiluvchi insonlarga kuniga 150 ml sharbat ichish tavsiya etiladi. Natija ikki hafta ichida sezilarli bo‘ladi.
Artrit. Artrit bilan og‘rigan insonlar uchun anor juda keng ta’sir doirasiga ega: meva yallig‘lanishga qarshi kurashadi, antioksidant ta’sir ko‘rsatadi, shikastlangan tuzilmalarning yangilanishini rag‘batlantirish va og‘riqni kamaytirishga xizmat qiladi.
Xolesterin miqdorining ko‘tarilishi. Yog‘ yoki anor urug‘i ekstrakti qon tomirlari devorlarida aterosklerotik birikmalar shakllanishining barcha bosqichlarida murakkab ta’sir ko‘rsatadi va tanani ateroskleroz bilan bog‘liq ko‘plab muammolardan himoya qiladi.
Xotira yomonlashishi. Bu haqida aniq ilmiy ma’lumotlar yo‘q, biroq anorning miya faoliyatiga ijobiy ta’sir qilishi isbotlangan. Masalan, anor narkozdan keyin xotira yo‘qotilishi uchun tavsiya etiladi. Bundan tashqari, anor tarkibidagi moddalar Alsgeymer kasalligining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, degan dalillar mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?