Fitnes mashg‘ulotlari nafaqat qomatga, balki butun organizmga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sport tufayli metabolik muammolarni hal qilish, qon tomirlarni mustahkamlash va hatto past konsentratsiya darajasini ko‘tarish mumkin. Sport odamlar hayotini qanday osonlashtiradi, degan savolga fitnes murabbiyi Maksim Slivak batafsil javob beradi.
Diqqatni jamlash qobiliyatini oshiradi
Jismoniy faollik kognitiv funksiyalarni yaxshilaydi. Bunga e’tibor, diqqatni jamlash, xotira va muammolarni hal etish, qaror qabul qilish qobiliyati kiradi. Bularning barchasi miya faoliyatining muhim jihatlari bo‘lib, har kuni mashq qilish o‘rganish, ishlash va yashash qobiliyatimizga ta’sir qiladi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, jismoniy faoliyat kognitiv funksiyani yaxshilaydi. Masalan, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan odamlar nazorat guruhidagi boshqa ishtirokchilarga qaraganda yaxshiroq konsentratsiyaga ega ekanligini va tezroq qaror qabul qilishini ko‘rsatdi. Boshqa tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘rtacha va kuchli jismoniy faollik barcha yoshdagi odamlarda xotira va kognitiv funksiyani oshiradi.
Stress va tashvishlanish darajasini pasaytiradi
Stress va xavotir miya faoliyatiga, jumladan, kognitiv funksiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy faollik esa stress va tashvishlanish darajasini kamaytiradi, bu esa o‘z navbatida miya faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.
Bir tajriba shuni ko‘rsatdiki, mashq qilgan ishtirokchilar mashq qilmagan ishtirokchilarga qaraganda kamroq tashvishlangan va o‘z-o‘zini hurmat qilish darajasi yuqori bo‘lgan. Bundan tashqari, olimlar muntazam mashqlar stress darajasini pasaytirishi va kayfiyatni yaxshilashi mumkinligini tasdiqlaydi.
Uyquni yaxshilashga yordam beradi
Osuda uyqu optimal miya faoliyati va umumiy salomatlik uchun muhimdir. Sport uning sifatini yaxshilaydi, bu tadqiqotlar tomonidan tasdiqlangan: fitnes bilan shug‘ullangan ishtirokchilarning uyqusi me’yorlashgan va natijada kun davomida nazorat guruhidagi ishtirokchilarga qaraganda yuqori energiya darajasiga ega bo‘lgan.
Qon aylanishini yaxshilaydi
Jismoniy faollik qon oqimini oshiradi, organizmdagi qon aylanishi sezilarli darajada yaxshilanadi, shu bilan qon tomirlarning elastikligini ta’minlaydi, gipertoniya xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari, sport bilan shug‘ullanganimizda miyaga, organizmning barcha hujayralariga kiradigan kislorod miqdorini oshiramiz. Va u metabolizmni tezlashtiradi va umumiy salomatlik ko‘rsatkichi yuqorilaydi.
Neyronlarning o‘sishini rag‘batlantiradi
Neyronlar — bu axborotni uzatish va kiruvchi signallarni qayta ishlash uchun mas’ul bo‘lgan miya hujayralari. Yangi neyronlarning o‘sishi miya faoliyatini oshiradi, bu esa yangi ma’lumotni o‘rganish va o‘zlashtirishni osonlashtiradi.
Shu tariqa birgina sport orqali qancha qo‘shimcha bonuslar olishingizni ko‘rasiz. Bu nafaqat foyda, balki zavq olish uchun o‘zingizga yoqadigan va jadvalingizga mos keladigan jismoniy faoliyatni tanlashga undaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?