Ko‘z xiralashishi, yurak sohasidagi og‘riqlar qanday kasallik alomati ekani aytildi

Salomatlik1 daqiqa o'qish434
Ko‘z xiralashishi, yurak sohasidagi og‘riqlar qanday kasallik alomati ekani aytildi

Bugun jismoniy faollikning susayishi, kamharakatlik dunyo aholisi orasida jiddiy muammoga aylangan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, har yili Yer yuzida kamharakatlikdan 5 milliondan ortiq odam hayotdan ko‘z yumadi. Qolaversa, kun davomida ofisda o‘tirib ishlash va jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanmaslik organizmda turli kasalliklarning rivojlanishiga zamin yaratadi. Ulardan biri bo‘yin osteoxondrozidir.

 — Ushbu xastalik bugun dunyoda eng ko‘p tarqalgan kasalliklardan biri, — deydi oliy toifali shifokor Ra’no Nosirova. — Osteoxondroz umurtqalar, ularning tog‘aysimon disklari va boylamlarini degenerativ-distrofik o‘zgarishlari bo‘lib, joylashuviga ko‘ra bo‘yin, ko‘krak va bel-chanoq turlari farqlanadi.

Bo‘yin osteoxondrozi, asosan, 35 yoshdan oshgan insonlarda kuzatiladi. Bilamizki, bo‘yin umurtqa pog‘onasining eng harakatchan qismi. Undan bir qancha asab tomirlari va umurtqa arteriyasi o‘tadi. Uning vazifasi orqa miya qon tomirlari va uzunchoq miyani qon bilan ta’minlashdan iborat.

Agar osteoxondroz sababli umurtqa arteriyasi bosilsa, bemorda bel va bosh miya ishemiyasi kuzatilishi ehtimoli bor. Shu sababli ushbu kasallikka e’tiborsiz bo‘lish yaramaydi.

Bo‘yin osteoxondrozi bor insonda bosh sohasida kuchli va davomli og‘riq, bosh aylanishi, ko‘z xiralashishi, qo‘l  barmoqlarida sanchiqlar, stenokardiyaga o‘xshash, ammo bir necha soat davom etadigan yurak sohasidagi og‘riqlar, eshitish qobiliyatining pasayishi, tilning karaxt bo‘lishi, holsizlik, hansirash, arterial qon bosimining o‘ynashi kabi belgilar kuzatilishi mumkin. Mazkur simptomlar arteriyaning shikastlanganidan dalolat beradi.

Bu kasallikni uy sharoitida davolash salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli undan xalos bo‘lish uchun shifokorga murojaat qilish lozim. Xastalik erta aniqlanganda bemorning sog‘ayishi tezroq kechadi.

Ko‘pgina hollarda osteoxondrozni davolash konservativ usullar yordamida amalga oshiriladi. Shifokor tomonidan dori-darmonlar, kerakli mashqlar terapiyasi va boshqa usullarni o‘z ichiga olgan davolash turlari buyuriladi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?