19:45 / 09.03.2024
231

Miya faoliyatini buzadigan 5 ta zararli odat

Miya faoliyatini buzadigan 5 ta zararli odat
Foto: Forbes
Miya inson organizmi faoliyatini nazorat qiluvchi o‘ta muhim a’zo hisoblanib, fikrlash, so‘zlash, tana harakatini boshqarish kabilarni bajaruvchi murakkab organdir. Unda paydo bo‘ladigan har qanday o‘zgarish butun organizm faoliyatiga ta’sir etadi.

Yosh o‘tgani sari bosh miya hajmi kichrayib, faoliyati sustlashib boradi. Xotira va diqqatni jamlash bilan bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga keladi. Qarish jarayonini to‘xtatib bo‘lmasa-da, miya faoliyatini buzadigan boshqa omillarni nazorat qila olamiz. Demak, quyidagi odatlar miyaga zarar keltiradi:

Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish

Alkogol mahsulotlari erta o‘limga olib keluvchi barcha kasalliklar ehtimolini oshiradi, shuningdek, miyaning neyronlariga bevosita ta’sir qiladi. Spirt bosh miya neyronlarning impulslarini sekinlashtiradi va hatto ularni yo‘q qiladi.

Chekish

Tamaki mahsulotlari organizmni qon bilan ta’minlash tizimini ishdan chiqaradi. U barcha organlarga, shu jumladan, miyaga zarar yetkazadi. Xotira, diqqat va umumiy harakat koordinatsiyasini yomonlashtiradi.

Uyqudan avval gadjetlardan foydalanish

Telefon yorug‘ligi biz uchun juda zararli, u melatonin — uyqu gormonini ishlab chiqarishni buzadi, uyqu kelishini qiyinlashtiradi. Telefon yorug‘ligini kamaytirish, ko‘z uchun zararsiz rejimga o‘tkazish yoki maxsus himoya ko‘zoynaklarini taqish uning ta’sirini bartaraf etmaydi. Ekrandan keladigan yorug‘lik miyaga ogohlantiruvchi signal sifatida ta’sir ko‘rsatadi va uyquga xalaqit beradi.

Stress

Uzoq muddatli tushkunlik holati va tashvishlar ruhiy va somatik kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Agar siz bunday muammolaringizni mustaqil hal qilishda qiynalsangiz, mutaxassis bilan bog‘lanish tavsiya etiladi.

Jismoniy faollikning yetishmasligi

Sport yoki oddiy piyoda yurish ham qon aylanishini yaxshilaydi va hujayralarga ko‘proq kislorod bilan to‘yinish imkonini beradi. Bu esa bosh miya va umumiy salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Miya faoliyatini buzadigan 5 ta zararli odat