Shifokor Natalya Belovaning so‘zlariga ko‘ra, “aqlli” soatlarni tunda ham taqish tavsiya etilmaydi. Bu haqda “Noviy ochag” nashri xabar bermoqda.
Foto: “Noviy ochag”
Shifokor-terapevtning ta’kidlashicha, kuniga 24 soat davomida bilakka biror narsa taqish zararli, chunki zich bog‘langan soat va turli brasletlar tomir va nervlarga bosim o‘tkazadi. Bu juda noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, doimiy soat taqish terining shikastlanishiga, uning ostida chang, suv, bakteriyalarning yig‘ilib qolishiga olib keladi. Bularning barchasi teri infeksiyalari ko‘payishi uchun qulay muhitdir.
Shu sababli shifokorlar kechasi nafaqat “aqlli” soatlarni, balki zargarlik buyumlarini ham yechib uxlashni tavsiya etadi. Chunki tunda aqlli soatlar yordamida yurak urishi, qadamlar kabi fiziologik ko‘rsatkichlarni o‘lchashdan naf yo‘q.
Foto: “Noviy ochag”
Avvalroq Buyuk Britaniyaning Kardiff universiteti olimlari “aqlli” soatlar Parkinson kasalligini juda erta bosqichlarda — ilk alomatlar paydo bo‘lishidan yetti yil avval aniqlash imkonini berishini isbotladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi