18:09 / 21.03.2024
186

Metabolizm sekinlashganini qanday aniqlash mumkin?

Metabolizm sekinlashganini qanday aniqlash mumkin?
Foto: IStock
Metabolizm — hujayralarda sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalar majmuyi bo‘lib, hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan moddalar, energiya hosil bo‘ladi va almashinadi.

Metabolizm atamasi asosan uch xil energiya sarflash turiga nisbatan ishlatiladi:

- bazal metabolizm darajasi (BMR);
- oziq-ovqatning termik effekti (TЕF);
- jismoniy faoliyat davomida kaloriyani yo‘qotish tushunchasi.

Tanamiz sarflagan energiya o‘rnini to‘ldirish uchun biz doimiy oziq-ovqat iste’mol qilishimiz kerak bo‘lganidek, hujayralar ham kimyoviy reaksiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun energiya oqimiga muhtojdir. Soddaroq qilib aytganda, biz iste’mol qiladigan ozuqa hujayralar uchun energiya manbaidir.

Metabolizm qachon sekinlashadi?

Avvallari metabolizm 30 yoshdan keyin har yili 2-5% ga sekinlashib boradi, degan nazariya mavjud edi. Yangi tadqiqotlar buning aksini ko‘rsatmoqda: 2021 yilda chop etilgan Daily energy expenditure through the human life course'dagi ma’lumotlarga ko‘ra, metabolizm inson umrining ilk yillarida kuchayadi, so‘ng 20 yoshgacha sekinlashib boradi va ushbu tezlik 60 yoshgacha saqlanib qoladi. 60 yoshdan oshganda ham metabolizm birdaniga tushib ketmaydi, ko‘rsatkich yiliga atigi 0,7 % ni tashkil etadi.

Demak, metabolizm sekinlashishiga inson yoshi sababchi emas. Bunga gormonal o‘zgarishlar, turli kasalliklar, vitamin va minerallar yetishmasligi, o‘ta ozib ketish kabilar turtki bo‘ladi.

Foto: Istock
Metabolizm sekinlashganini qanday bilish mumkin?

- Vazn tashlash qiyinlashadi, sog‘lom vaznni saqlab qolish mushkul bo‘ladi;
- Doimiy charchoq hissi insonni tark etmaydi;
- Hazm tizimida muammolar paydo bo‘ladi, qabziyat holatlari ko‘payadi;
- Inson doimiy sovuq qotib yuradi;
- Teri quruqlashadi;
- Sochlar to‘kila boshlaydi;
- Hayz sikli buziladi.

Agar sizda yuqoridagi holatlardan bir nechtasi kuzatilsa, shifokor ko‘rigidan o‘tishni tavsiya qilamiz. Ma’lum analizlar topshirilgach, organizmda metabolizm jarayoni qanday kechayotganini aniqlash va uni o‘z vaqtida davolash mumkin.

Sekinlashgan metabolizmni uning avvalgi darajasiga qaytarish uchun, birinchi navbatda, sog‘lom turmush tarziga rioya etish: to‘g‘ri ovqatlanish, uyquga to‘yish va sport bilan shug‘ullanish lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Metabolizm sekinlashganini qanday aniqlash mumkin?