Foto: Shutterstock
Bugungi kunda sog‘lom bo‘lish uchun sport markazlariga borib, trener ko‘rsatmasiga binoan mashq bajarishga intilishadi. Aslida salomatlik uchun toza havo va manzarali joylarda sayr qilish, piyoda yurish va yugurish koni foydadir.
Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, piyoda yurish umrni uzaytiruvchi mashg‘ulot hisoblanadi va har kuni muntazam kechki sayrga chiqadiganlar organizmi kamharakat insonlarga nisbatan sog‘lomroq bo‘ladi. Quyida toza havoda sayr qilishning foydali tomonlarini batafsil ko‘rib chiqamiz.
Mushaklarni mustahkamlash va umumiy jismoniy sog‘liqni yaxshilash
Piyoda yurish — inson butun tanasi uchun eng foydali va qiyin bo‘lmagan mashg‘ulotlardan biri. Jismoniy harakat davrida oyoq sohasidagi mushaklar mustahkamlanadi, yurish holsizlik va uyquchanlikdan xalos bo‘lishda yordam beradi.
Turli kasalliklar rivojini kamaytirish
Muntazam yurish yurak-qon tomir tizimini mustahkamlashga, qon aylanishini yaxshilashga hamda qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
Sog‘lom vaznga ega bo‘lish
Toza havoda sayr qilish va yugurish organizmdagi ortiqcha kaloriyalarni yoqish va vaznni doimiy normal ko‘rsatkichda saqlashning samarali usulidir. Ushbu mashg‘ulot metabolizmni tezlashtirish, ishtahani nazorat qilish va ortiqcha ovqatlanishning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Sayr — yaxshi kayfiyat va tinch uyqu garovi
Toza havoda aylanish sizga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etadi, stress darajasini pasaytiradi va depressiya bilan kurashishda asqatadi. Yugurish esa diqqatni oshirib, tungi uyqu sifatini yaxshilaydi.
Immun tizimini mustahkamlash
Jismoniy faol bo‘lish immunitetni mustahkamlashga va tananing turli infeksiyalar hamda kasalliklarga chidamli bo‘lishiga yordam beradi. Muntazam piyoda yurish qon aylanishini yaxshilaydi, immunitetning yanada samarali ishlashiga turki bo‘ladi.
Atrofdagi olam va tabiatdan zavq olish
Piyoda yurish tabiat va atrof-muhit go‘zalligidan bahramand bo‘lish, do‘stona suhbatlar o‘tkazish imkoniyatini beradi va insonga estetik zavq bag‘ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi