16:20 / 28.03.2024
247

Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi?

Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi?
Oydinoy Rahimova
Foto: "Daryo"

Endokrinolog shifokor Oydinoy Rahimova qandli diabet kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga ro‘za tutish mumkin yoki qay hollarda tavsiya etilmasligi haqida tushuntirish berdi.

Qandli diabeti bor bemorlar 2 turga bo‘linadi:
- insulinga muhtoj;
- insulinga muhtoj bo‘lmagan.

— Insulinga muhtoj bo‘lgan bemorlarga ro‘za tutishni tavsiya etmaymiz. Chunki, ular kuniga 4-5 mahal insulin qabul qilib turishlari kerak. Qolaversa, tashqaridan insulin qabul qiladigan bemorlar ham bor. Ularni ayrimlari kuniga 4-5 mahal, ayrimlari esa 1 mahal qabul qilishlari lozim. Bu qabul qilinadigan insulinning ta’sir soatiga bog‘liq.

Insulinning ham turiga qarab 12 soatlik, 24 soatlik va qisqa muddatli turlari mavjud. Qisqa muddatli insulinni qabul qiladigan bemorlar ro‘za tuta olmaydi. Uzoq muddatli ta’sirga ega insulin qabul qiladigan bemorlar ro‘za tutsa bo‘ladi. Agarda qandli diabetdan tashqari kasallikka chalinmagan va qondagi qand miqdori 6,5-7,5 atrofida bo‘ladigan bo‘lsa ro‘za tutish mumkin.

Insulin qabul qilmaydigan bemorlarimiz, asosan tabletka ichish orqali qondagi qandni korreksiya qiladi. Bunday bemorlarimiz qo‘shimcha kasalliklar bilan kurashmayotgan bo‘lsa, buyrak, yurak yetishmovchiligi bilan kurashmayotgan bo‘lsa, biz ularga ro‘za tutishni tavsiya qilamiz.

Unutmang

Qandli diabetga chalingan bemorlar ro‘za tutgan vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 3 xavf mavjud. Bular:

- qondagi qand miqdorining oshib ketishi – giperglikemiya;
- qondagi qand miqdorining tushib ketishi – gipoglikemiya;
- organizmning suvsizlanish holati.

— Yuqorida sanalgan 3 holatda ham bemorlarga ro‘za tutishni tavsiya qilmaymiz. Bu xavflar ro‘za tutgan vaqtda bor yo‘qligini aniqlash uchun, bizda maxsus shkala mavjud. Bu shkalada hammasi ballar bilan ko‘rsatilgan. Ushbu shkalada 0 dan 3 gacha ball to‘plagan bemorlar qandli diabetga chalingan bo‘lsa ham ro‘za tutishlari mumkin.

3,5 balldan 6 ballgacha to‘plagan bemorlarda o‘rtacha xavf kuzatiladi. 6 balldan yuqori ball to‘plagan bemorlarga ro‘za tutishni tavsiya qilmaymiz. Shuning uchun ular mutaxassis bilan maslahatlashgan holda va ularning nazoratida ro‘za tutishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi?