Bolaligimizdan kattalar bizga foyda bo‘lsin deb turli yormalardan bo‘tqalar pishirib berishgan. Voyaga yetgach, donli nonushtani xush ko‘rmay qoldingizmi? Unday bo‘lsa mazkur maqola yorma va don mahsulotlariga bo‘lgan munosabatingizni qayta ko‘rib chiqishingizga turtki bo‘ladi. Chunki don mahsulotlarida ko‘plab vitaminlar va muhim mikroelementlar mavjud.
Foto: The Voicemag
Donlar nafaqat parhez tutish va vaznning me’yorda bo‘lishiga yordam beradi, balki ko‘plab dori-darmonlarning o‘rnini bosadi. Masalan, ertalabki nonushta uchun har kuni yarim kosa grechka iste’mol qilsangiz, qondagi xolesterin miqdorini kamaytirasiz va shu tariqa kelajakda xavf solishi mumkin bo‘lgan yurak va qon-tomir kasalliklarining oldini olasiz.
Organizm motori hisoblangan yurak va qon tomirlar faoliyatining turg‘un bo‘lishida glikemik indeksi past bo‘lgan donlar muhim ahamiyatga ega. Ularning orasida eng ko‘p foydali yorma bu grechkadir.
Grechka tarkibida A (beta-karotin shaklida), E (tokoferol), B guruhi (tiamin, riboflavin, niasin, piridoksin, foliy kislotasi) vitaminlari va 18 tadan ortiq aminokislotalar mavjud. Grechkada kaliy, magniy, fosfor, kalsiy, rux, selen va boshqa ko‘plab muhim mikro va makroelementlar mavjud.
Grechka doni kamqonlik va semirish kasalliklari bilan kurashishda yordam beradi, organizmdan toksinlarni chiqarib tashlaydi va eng muhimi, xolesterin darajasini pasaytiradi. Shuningdek, u aterosklerotik quyqalarning shakllanishiga to‘sqinlik qiladi.
Grechkani muntazam ravishda iste’mol qilish bilan birga, uni to‘g‘ri tayyorlash ham muhimdir. Grechka uzoq vaqt qaynamasligi lozim, aks holda u barcha foydali xususiyatlarini yo‘qotadi va sof uglevodga aylanib qoladi. Mutaxassislar grechka donini uzog‘i 15 daqiqa pishirishni tavsiya etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Kelgusi yildan o‘quvchilar o‘rtasida harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi