13:03 / 29.05.2024
409

Olimlar saratondan himoya qiluvchi ziravorni aniqladi

Olimlar saratondan himoya qiluvchi ziravorni aniqladi
Ba’zi ziravorlar turli bakteriya va infeksiyalarga qarshi kurashuvchi, organizmni himoya qiluvchi xususiyati bilan ajralib turadi. Ulardan biri — zarchava (kurkumin) dir.

Foto: iStock
Zarchava zanjabillar oilasiga mansub o‘simlik bo‘lib, ko‘pincha turli non, smuzi, sho‘rva va barcha turdagi foydali taomlar, shuningdek, palovga qo‘shiladi. Zarchava yallig‘lanishga qarshi vosita hisoblanadi. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, mazkur ziravor saraton kasalligiga qarshi kurashadi, xususan, prostata saratoni xavfini kamaytiradi. Uning tarkibidagi kurkumin organizmda o‘simta paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.

Foto: iStock
Kurkuma moddalar almashinuvini yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlaydi va hatto antidepressantlar o‘rnini bosadi.

Bundan tashqari, achchiq qalampir tarkibidagi kapsaitsin moddasi qon tomirlarida aterosklerotik quyqalar shakllanishidan himoya qiladi. Piyoz va sarimsoq tarkibidagi fitonsid esa bakteriyalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishining oldini oladi.

Foto: Alamy
Hozirda ko‘plab zamonaviy parhezlar asosida zarchava ham mavjud, chunki u ovqat hazm qilish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ichaklarni davolaydi va diareya hamda qorin dam bo‘lishi uchun samarali hisoblanadi. Ziravor brokkoli kabi sabzavot, ko‘katlar bilan iste’mol qilinganda, yanada foydali bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar saratondan himoya qiluvchi ziravorni aniqladi