19:47 / 06.06.2024
241

Qanday hollarda bir piyola choy saratonni keltirib chiqarishi mumkin?

Qanday hollarda bir piyola choy saratonni keltirib chiqarishi mumkin?
Foto: Lifehacker
Bir piyola xushta’m choysiz deyarli kunimiz o‘tmaydi. Biz choy barglarini qaynoq suvga solamiz va darhol yoqimli, qaynoq choy ichish uchun tayyor bo‘ladi. Biroq qaynoq choyni darhol ichish qanchalik to‘g‘ri? Bu haqda hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Ma’lum qilinishicha, issiq choy ichmaslik kerak, chunki bu sog‘liq uchun zararli bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, u oshqozon-ichakdagi shilliq pardalarimizga zarar yetkazadi va kuydiradi. Bu esa ularning ish faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, issiq choyni muntazam iste’mol qilish qizilo‘ngach saratonini keltirib chiqarishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, muntazam ravishda qaynoq ichimliklar qabul qilish qizilo‘ngach hujayralariga zarar yetkazadi, buning natijasida vaqt o‘tishi bilan saraton rivojlanadi. Shifokorlar harorati 55 darajadan yuqori bo‘lmagan choy ichishni tavsiya qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qanday hollarda bir piyola choy saratonni keltirib chiqarishi mumkin?