12:53 / 10.06.2024
242

Qon bosimini tushirib, insultdan himoya qiladigan mineral qaysi ekanini bilasizmi?

Qon bosimini tushirib, insultdan himoya qiladigan mineral qaysi ekanini bilasizmi?
Gipertenziya yoki yuqori qon bosimi ko‘pchilik uchun muammo hisoblanadi, deb yozadi “Sports.kz”.

Foto: Lifehacker
Dunyodagi barcha o‘limlarning taxminan 14 foizi tomirlardagi yuqori qon bosimidan kelib chiqadi. Ovqatlanish ratsionini tartibga solish orqali ushbu kasallikning oldini olish mumkinmi? Bu savolga nutritsiolog Oleg Shves javob beradi.

Magniy qon bosimiga qanday ta’sir qiladi?

Ushbu mineral qon bosimini ikki usulda tartibga soladi: birinchidan, qon tomirlariga kalsiyning ta’sirini muvozanatlashtiradi.
Ma’lumki, kalsiy qon tomirlarini toraytirish xususiyatiga ega. Bunday hollarda, qon bosimi ko‘tariladi. Ammo magniy kalsiyning o‘rniga qon tomir devorlarining hujayra elementlariga ta’sir qiladi. Bu esa qon tomirlarining torayishini oldini oladi va qon bosimini pasaytiradi.

Ikkinchidan, magniy qon tomir devorlarining shikastlanishini oldini oladi. Bilamizki, qon tomirlari vaqt o‘tishi bilan xolestirin hisobiga mo‘rtlashib tomir devorlari qattiqlashadi, bu esa qon bosimining oshishiga olib keladi.
Magniy qon tomirlariga zarar yetkazadigan moddalarni kamaytirishga yordam beradi va ularni davolaydi.

Magniyning yurak salomatligi uchun qanday foydalari bor?

Qon bosimini pasaytirishdan tashqari, magniy quyidagi xususiyatlarga ega:

— Yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi va qon tomirlari devorlarini sog‘lom saqlashga yordam beradi. Bu esa yurak kasalliklariga olib keladigan qon tomir shikastlanishi va qon quyulishining (ateroskleroz) oldini oladi
— Insultning xavfini kamaytiradi.
— Insulinning samarali ishlashiga yordam beradi. Bu diabet bilan kasallangan yoki diabet bilan kasallanish xavfi bo‘lgan insonlar uchun muhimdir.
— Kayfiyatni yaxshilaydi. Ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, magniy depressiya belgilarini bartaraf etadi.

Magniy darajasi past bo‘lgan odamlarda depressiya rivojlanishi ehtimoli ko‘proq hisoblanadi. Qaysi yeguliklar tarkibida magniy mavjud?

Magniy loviya, yong‘oq, yashil bargli sabzavotlar, non, dukkakli mahsulotlar, soya mahsulotlari, banan va yogurt kabi sut mahsulotlarida ham mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qon bosimini tushirib, insultdan himoya qiladigan mineral qaysi ekanini bilasizmi?