Foto: Shutterstock
Buyuk Britaniyaning Lids universiteti olimlari 17 yil davom etgan tadqiqot natijalarini e’lon qildi, deb yozadi Wday nashri.
Unda 35 dan 39 yoshgacha bo‘lgan ayollar — jami 32 147 nafar shaxs ishtirok etdi. Mutaxassislarning ayollarning nimalar iste’mol qilishi va parhezning turi ularning sog‘lig‘iga qanday ta’sir qilishini o‘rgandi.
Natijada ayollar iste’mol qiladigan to‘rt xil oziq-ovqat guruhi ajratildi.
- Birinchisiga haftada bir marta yoki undan kamroq mol va parranda go‘shti, baliq iste’mol qilganlar kirdi.
- Ikkinchisiga baliqni afzal ko‘rib, uni haftada kamida bir marta iste’mol qilganlar.
- Uchinchisi baliq va parranda go‘shtini haftada bir marta yoki undan ko‘proq tanovul qilganlar.
- To‘rtinchi guruh baliq yoki parranda go‘shti emas, asosan qizil go‘sht iste’mol qilganlar.
Tadqiqotchilar qizil go‘sht sifatida o‘rtacha pishgan mol va qo‘y go‘shti hamda submahsulotlarini hisobga olishdi.
Barcha ayollarning sog‘lig‘i o‘zaro taqqoslanib, to‘rtinchi turdagi parhezga rioya qilganlarda to‘g‘ri ichak saratoniga chalinish ehtimoli ko‘proq ekani aniqlandi. Mazkur guruh ayollari jami ishtirokchilarning bir foizini tashkil qildi.
Foto: iStock
"To‘plangan ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Agar biror kishi oilada saraton kasalligiga moyil bo‘lsa-yu, uning oldini olish uchun ayollar go‘sht iste’molini cheklagan ma’qul", — deydi tadqiqot rahbari doktor Diyego de Jorgui.
2018 yilda Glazgou universitetida 273 466 nafar ayolni qamrab olgan katta miqyosdagi tadqiqot o‘tkazildi. Uning natijalari olimlarni hayratga soldi: Agar 35-40 yoshli ayol haftasiga uch bo‘lak bekon iste’mol qilsa, unda ko‘krak bezi saratoni rivojlanish xavfi ortadi.
Shuningdek, Vashingtondagi Saraton tadqiqot markazida 82 ming nafar ayol ishtirokida 22 yillik kuzatuv nihoyasiga yetdi. Uning natijasiga ko‘ra, haftasiga ikki marta go‘sht iste’mol qiladigan ayollarda go‘sht yemaydiganlarga qaraganda 56 foizga ko‘proq endometrioz tashxisi qo‘yilgan.
“Go‘sht iste’mol qilish endometriozni keltirib chiqaradigan gormonlarni rag‘batlantiradi, deya taxmin qilinmoqda”, — deydi tadqiqot rahbari Fred Xatchinson.
Sog‘lom bo‘lish va ayollarda keng uchraydigan saratonning oldini olish uchun ko‘proq faol jismoniy harakat qilish, yangi sabzavotlar va mevalar yeyish, yog‘li va qizarib pishgan ovqatlar, spirtli ichimliklar va chekishdan saqlanish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi